O‘ktam Usmonov

Yozuvchi, Jurnalist
O‘ktam Usmonov
Tavallud sanasi:
1938 yil
Vafot sanasi:
3.01.1990

Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov ijodining boshlanishi 50-yillarning so‘ngi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi. Hikoyalarida adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi. O‘ktam Usmonovning «Girdob» romanida adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan.

Biografiya

O‘ktam Usmonov mazkur roman O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Iste’dodli adib va jurnalist O‘ktam Usmonov qisqa umr ko‘rgan bo‘lsa-da, adabiyotimiz xazinasidan munosib o‘rin oladigan «Girdob» kabi ajoyib roman qoldirib ketgan san’atkordir.

U 1938 yilda Toshkent viloyatining Qibray tumani Baytqo‘rg‘on qishlog‘ida bog‘bon oilasida tug‘ildi.

O‘rta maktabni tugatgandan so‘ng Toshkent pedagogika institutiga kirib o‘qidi.

Uni muvaffaqiyatli tugatgach, avval respublika gazetalarida xizmat qildi. 1972-1982 yillarda respublika partiya Markaziy Qo‘mitasida mas’ul vazifada, so‘ng O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida kotib hamda «O‘zbekiston ovozi» gazetasida bosh muharrir vazifalarida ish olib bordi.

Adib 1990 yil 3 yanvarda vafot etgan.

Adib ijodining boshlanishi 50-yillarning so‘ngi, 60-yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi.

Faoliyati

O‘ktam Usmonovning birinchi hikoyalar to‘plami 1964 yilda «Guldasta» nomi bilan chop etildi. Shundan so‘ng 1965 yilda «Bahs boylashgan bola», 1970 yilda esa «Bahor chaqmoqlari» nomli hikoyalari va ilk qissasi nashr etiladi. So‘ngra adibning «Notinch kecha» (1976), «Sirli sohil» (1981) kabi hikoyalar to‘plami o‘quvchiga taqdim etiladi. Ushbu hikoyalarda adibning inson va insoniylik haqidagi mushohadalari rang-barang obrazlar, hayotiy detallarda umumlashtiriladi.

U qissanavis sifatida «Bahor chaqmoqlari», «Kishan», «Qismat» kabi bir qator jiddiy asarlar ham yaratdi. So‘nggi ikki asar adabiy tanqidchilik tomonidan yaxshi baholandi. O‘ktam Usmonov ijodida «Girdob» (1979) romani alohida o‘rin tutadi. Unda adolat bilan nohaqlik, sadoqat bilan xiyonat o‘rtasidagi kurash mahorat bilan tasvirlangan.

Sayt foyda berdi!
87524 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi